Lateksli topper
Lateksli topper yordamida siz anatomik matrasingizning xossalarini o‘zgartirishingiz mumkin, ya’ni istagingizga qarab uni yanada yumshoqroq qilishingiz mumkin.Topper g‘ilofi yumshoq trikotaj matodan tayyorlangan bo‘lib, zichligi 90 g/m² bo‘lgan hajmli gippoallergen tolali qatlam bilan qoplangan.Topperni matrasga mahkamlash uchun burchaklarida to‘rtta qulay va ishonchli elastik mato tasmasidan iborat mahkamlovchi elementlar mavjud. Bunday mahkamlash usuli tufayli matras va topper bir butun konstruktsiyaga aylanadi.